Joriy yilning 20-may kuni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi binosida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning  Oʻzbekistondagi ofisi rahbariyati Pak Sondjin (Park Sunjin) xonim, Pak Xe Chjon (Park Hye Jeong) xonim hamda koreyalik bir qator mutaxassislar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda respublikamizda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar, ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu loyiha doirasida Koreyaning muvofiqlikni baholash sohasida tajribasi oʻrganilib, shu sohada hamkorlikda zamonaviy axborot tizimi ishlab chiqilishi kelishib olindi.