Agentlik huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boʻlimi xodimlari tomonidan Prezidentimizning sohaga oid Farmon va qarorlari hamda ularning ijrosini taminlash maqsadida eksportni kengaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirib, Yevropa bozorlariga kirish, tadbirkorlarga koʻmaklashish maqsadida korxonalarga xalqaro standartlarni hamda sifat menejmenti tizimini joriy etishga yordam berilmoqda.

Kimyo sohasiga oid “fosforit uni” mahsulotini ishlab chiqarib, Turkmanistonga eksport qilib kelayotgan “NAVOIY MILLING” xorijiy korxonasida boʻlib, masʼullarga oʻz mahsulotlarini Yevropa bozorlariga chiqarish boʻyicha tushuntirishlar berilib, tegishli xalqaro standartlarni joriy etish, hamda ushbu standart talablari bilan mahsulot ishlab chiqarish natijasida Yevropa talablariga erishish mumkinligi taʼkidlandi.

Korxonaga sifat menejmenti tizimi yaʼni ISO 9001 ni joriy etish taklifi bildirilib, ISO 9001ning afzalliklari, ishlab chiqarish sifati va koʻlami yaxshilanishiga va eksportni kengaytirishga xizmat qilishi tushuntirildi, hamda mazkur tizimni yil yakuniga qadar joriy etishda koʻmaklashishga kelishib olindi.