Agentlikning Samarqand viloyat hududiy boʻlinmalari masʼullar yangidan tashkil etilayotgan korxonalarda boʻlib, ularga mahsulotlarni standart talablariga muvofiq ishlab chiqarish, qadoqlash, yorliqlash, oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq boshqa masalalarda amaliy yordam berib kelmoqdalar.

Masʼullar alyumindan uy-roʻzgʻor buyumlari  ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zaytun Alyuminium” MChJda boʻlib ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bilan tanishib,  korxona xalqaro standartlarni joriy qilish va mahsulotlari sifatini doimiy nazoratini amalga oshirish maqsadida sinov laboratoriyasi tashkil etish yuzasidan oʻzlarining tavsiyalarini berdilar.