Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Chirchiq filiallari masʼullari Toshkent viloyati pedagogika universitetida boʻldilar.

Uchrashuvda filiallar hamda oliy oʻquv yurti oʻrtasida ilmiy hamkorlik oʻrnatish, xodimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, professor oʻqituvchilari ilmiy ishlari sinovlarini oʻtkazish va talabalarning amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.

Universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, I.Haydarov innovatsion rivojlanish pallasida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilayotganligi, keyingi besh yilda mamlakatimizdagi barcha islohotlar mana shu qatʼiy tamoyil asosida roʻyobga chiqqanligini taʼkidladi.

Chirchiq filiali rahbari A.Daminov filialda mavjud laboratoriyalar hamda ularning imkoniyatlari, metrologik jarayonlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun izlanishda boʻlgan yosh xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

OTM prorektori va filial masʼullari sohani ilmiy yoʻnalish boʻyicha rivojlanish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi va kelajakda shartnoma asosida filialning mutaxassis kadrlari va talabalar tajriba almashinuvi, ilmiy loyihalar, konferensiya, seminar, koʻrgazmalar tashkil etish kabi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib oldilar.