Yurtimizda keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.

“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramini munosib nishonlash hamda “Keksalar haftaligi” munosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali tashabbusi bilan sohada uzoq yillar ishlagan bir qator yoshi ulugʻ mehnat faxriylarini eʼzozlash maqsadida “Ustozlarga hurmat - ajdodlardan meros” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Uchrashuvda ustozlar oʻzlarining mehnat faoliyatlari davomidagi hayotiy oʻgitlari, tajribalari va esda qolarli voqealarni yodga olib, yoshlarga yurt rivojiga munosib hissa qoʻshish har bir mutaxassisning muqaddas burchi ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.