Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining 2022-yil 27-29-iyul kunlari Hindiston va Bangladesh davlatlariga tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Hindiston muvofiqlikni baholash idorasi KWALITYCERT SERVICES PVT LTD bilan onlayn videokonferensiya oʻtkazildi.

Uchrashuvda mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilishda
KWALITYCERT SERVICES PVT LTD idorasi tomonidan koʻrsatiladigan muvofiqlikni baholash ishlari, xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan import talablari, muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlikda kadrlar tayyorlash, malaka almashish uchun treyninglar va seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

KWALITYCERT SERVICES PVT LTD idorasi faoliyati bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin https://kwalitycert.com/

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi