OʻzTTSA huzuridagi  Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

 Monitoring jarayonida hujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirilishi, veb-saytni davlat tilida yuritilishi, ichki axborot tizimining davlat tiliga tarjima qilinishida mutaxassislarning jalb qilinishi bilan bogʻliq masalalar muhokama etilib, bu yoʻnalishdagi ishlar tahlil qilindi.

Xususan, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirish, yoshlar faolligini oshirish, xodimlarga davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻrgatish uchun moʻljallangan malaka oshirish kurslariga yuborish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuvda xodimlarga lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish masalalariga bagʻishlangan “Til –davlat timsoli” mavzusida seminar oʻtkazilib, “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasi bilan taʼminlandi. Shuningdek, idoraviy kutubxonasiga tegishli adabiyotlar ham taqdim etildi.