Agentlik masʼullari mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Fransiyaning “Groupe Casino” savdo tarmogʻining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha menejerlari Devid Gau, Yervan Xuard va Rashid Boudua bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda mamlakatimizda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohasida olib borilayotgan islohotlar, mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiblari yuzasidan maʼlumot berildi. “Groupe Casino” savdo tarmogʻining Birlashgan Arab Amirliklari va Yevropa davlatlariga mahsulotlarni olib kirishdagi muvofiqlikni baholash boʻyicha xalqaro tajribasi oʻrtoqlashildi.

 Uchrashuv natijasiga koʻra, soha yoʻnalishiga oid masalalarda tajriba va oʻzaro  fikr-mulohazalar almashishga kelishildi.