O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqolpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida “O‘zstandart” agentligi oldiga ichki iste’mol bozorlarimizni himoyalashni yanada kuchaytirish hamda sifatsiz import mahsulotlarni savdoga chiqarishini oldini olish vazifasi yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida agentlikning hududiy boshqarma va markazlari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Muhtaram Prezidentimizning tapshirig‘iga asosan “O‘zstandart” agentligi, Respublikamizning yirik bozorlari va savdo shaxobchalarida sotilayotgan mahsulotlarni sertifikati va sifati tasdiqlangan holda sotilayotganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridagi 41 ta bozor va savdo shaxobchalarida sotilayotgan mahsulotlarning 34 turdagi 2779 ta mahsulotlardan 2013 tasi ya’ni 72,4 foizi sertifikatsiz, sifati kafolatlanmagan holda iste’molchilarga sotilayotgan holati aniqlandi.

Ushbu mahsulotlarning aksariyati Xitoy davlatida ishlab chiqarilanligi ma’lum bo‘ldi.

Hurmatli iste’molchilar!

Biror bir mahsulotni xarid qilayotganda albatta sertifikatini so‘rashni unitmang.