“O‘zstandart” OAV larida targ‘ibotni kuchaytirmoqda

Ma’lumki Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nomlanishi munosabati bilan, “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyati doirasida Respublikamiz Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda xalq bilan muloqotlar ko‘lamini yanada kengaytirishga intilmoqda.
Joriy yilning 20 aprel kuni “O‘zstandart” agentligi “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali namoyish etib kelinayotgan “Munosabat” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
Mazkur ko‘rsatuv “O‘zbekiston” telekanalining kechki dasturlarida efirga beriladi. Unda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining xodimlari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ham taklif etildi.
Mazkur muloqot bahona “O‘zstandart” agentligi xalqimizni sifati kafolatlanmagan, sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotlardan ogoh bo‘lishlarini yana bir bor ta’kidladi.
Ko‘rsatuv maqsad-mohiyatiga ko‘ra jonli va tanqidiy-tahliliy ruhda studiyada yozib olindi.
Muhtaram teletomoshabinlarimiz tez kunlarda mazkur ko‘rsatuvni tomosha qilib, o‘zlari uchun kerakli xulosani chiqarib oladilar degan umiddamiz.