Ma’lumki, ayni damda mamlakatimizning barcha hududlarida mustaqillik shukuhi kezib yuribdi. Yurtimizdagi mavjud barcha soha xodimlari O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligini keng ko‘lamda kutib olishdi.  Xususan, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti ham mustaqillik bayramini qo‘shaloq bayram sifatida qarshi olishdi. Institut qoshidagi malaka oshirish markazi qayta ta’mirdan chiqarilib, zamon talablari darajasidagi auditoriyalar hamda yangi zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi. Qayta ta’mirdan chiqarilgan Malaka oshirish markazining o‘quv xonalari keng va  shinam bo‘lib tinglovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.                                                                           

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi bo‘yicha “Milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlushuvchi jarayonini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini” ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat standartini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, eksport potentsialiga ega korxona va fermer xo‘jaligiga yetkazish va amaliy seminarlarni tashkil etish yuzasidan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutining (SMSITI) malaka oshirish markazi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Mamlakatimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida “GLOBAL G.A.P”, “Halol” standarti talablari va Organik sertifikatlashtirish” bo‘yicha fermerlar uchun seminarlar o‘tkazildi. O’tkazilgan seminarlarda jami 550 dan ortiq dehqon fermer ho‘jalik rahbarlari va eksportlar ishtirok etishdi. Shuningdek joriy yilda SMSITI ning malaka oshirishni tashkillashtirish bo‘limi tomonidan Turk standartlari Instituti  ekspertlarini jalb qilgan holda “Halol” standartlari bo‘yicha xalqaro o‘quv kursi tashkil qilindi, o‘quv kursida 26 nafar tizim tashkilotlardan mutaxassislar malaka oshirishdi. Shuning bilan bir qatorda, Turk standartlari Instituti ekspertlari bilan birgalikda “ISO 22000” tizim tashkilotlardan mutaxassislar malaka oshirdilar.

Axborot xizmati