Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 okyatbrdagi 861-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Idishda qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi” to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament Respublikamiz hududida muomalaga chiqarilayotgan idishda qadoqlangan ichimlik suvlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va yo‘q qilish kabi jarayonlariga hamda tamg‘alash va qadoqlashga majburiy talablarni o‘rnatadi. Ushbu texnik reglament quyidagilarga tadbiq etiladi:

• tabiiy mineral suvi (oshxona tabiiy mineral suvi, shifobaxsh tabiiy mineral suvi, tabiiy gazlangan mineral suv);

• qayta ishlangan ichimlik suvi;

• tabiiy ichimlik suvi;

• bolalar ozuqasi uchun suv.

“Idishda qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi” to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan 18 oydan keyin kuchga kiradi.