“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan eksportyor korxonalar faoliyati o‘rganilib, ularning muammolariga amaliy ko‘mak berilmoqda. Jumladan, yurtimizdagi 461 ta ishlab chiqarish korxonalariga turli yo‘nalishlar yuzasidan yordam ko‘rsatildi. Xususan, standartlashtirish yo‘nalishida 193 ta, sertifikatlashtirish bo‘yicha 61 ta, metrologiya sohasida 38 ta, sifat menejmenti yo‘nalishida 62 ta, va 91 ta holatda boshqa sohalar yuzasidan amaliy ko‘mak berildi.