Milliy matbuot markazida hamda Akkreditatsiya markazi hamkorligida “Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) ga toʻlaqonli aʼzo boʻlishning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Akkreditatsiya faoliyati ichki va tashqi bozor munosabatlarining rivojlanishiga, Oʻzbekistonning eksport salohiyatini oshirishga, isteʼmol qilayotgan mahsulotlarimizning xavfsiz va yuqori sifatli ekanligiga ishonch qozonishda va xalqaro bozorda oʻzbek brendi oʻz oʻrnini egallashida muhim ahamiyatga egadir.

Xalqaro akkreditatsiya forumi doirasida ayni kunda dunyoning 74 ta akkreditatsiya idorasi teng huquqli aʼzo boʻlib qoʻshilgan va IAF koʻptomonlama tan olish bitimi ishtirokchisi hisoblanadi (MLA). Bitim imzolovchilari 10 mingga yaqin akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlarining global tarmogʻini tashkil qilgan. Aynan shu global tarmoqqa va akkreditatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotga Oʻzbekiston milliy akkreditatsiya tizimi nomidan Akkreditatsiya markazi 2021-yilda aʼzo boʻlishni maqsad qilib qoʻygan.