1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Bekobod filialida faxriy ustozlar, xalq taʼlimi aʼlochilari,shahar hokimligi maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari va Bekobod shahar deputatlar kengashi raisi hamda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali sohibi Alim Toʻychiyev ishtirokida “Mehnati elda aziz Ustozim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari yurtimizda oʻqituvchi-murabbiylarga berilayotgan eʼtibor, yoshlarimiz qoʻlga kiritayotgan yutuqlari zamirida aziz muallimlar mehnati yotganligini eʼtirof qildilar.

Shuningdek, Agentlikning taʼlim muassasalari bilan olib borayotgan ijtimoiy hamkorlik aloqalarining samarasiquvchilarning bugungi taʼlim va bilim olishlari ertangi kun uchun katta mezon boʻlishi haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida isteʼdodli oʻquvchilar ustozlarni tabriklab, oʻz ijodlaridan sheʼriy namunalar oʻqib berishdi.

Tadbir soʻnggida Bekobod filiali tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasidan iborat sovgʻalar topshirildi. Barcha qatnashchilar oʻzlari uchun tadbirdan maʼnaviy ozuqa oldilar.