Endi navbat Buxoroda fosh etilgan Sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risida

Xabar qilganimizdek “O‘zstandart”agentligi tomonidan Respublikamiz bozorlarida va savdo majmualarida sifati kafolatlanmagan, sertifikati bo‘lmagan mahsulotlarni fosh etishda davom etadi.

Aniq faktlar va raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, birgina Buxoro viloyati miqyosida o‘rganishlar natijasida, jami tanlab olingan 2177 ta mahsulotdan 584 tasi tegishli sertifikatiga ega emasligi hamda sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.

Masalan, Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozori, Karvon buyum bozori, Dilkusho dehqon bozori, To‘qimachi dehqon bozori, va boqa tumanlardagi markaziy dehqon va buyum bozorlarida Chang yutgichlar, Istitish plitalari, Elektr choynaklari, Elektr pishirish moslamasi, Elektr to‘lqinli plita, va Elektr plitalari kabi mahsulotlar iste’molchilarga sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.

Hurmatli iste’molchilar!

Siz mahsulot sotib olayotgan vaqtda sotuvchidan o‘sha mahsulotini tegishli sertifikati va sifati kafolatlangani haqida so‘rashga va uni talab qilishga to‘la haqlisiz.