“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan Xitoy Xalq Respublikasining “Bir makon -Bir yo‘l” grant dasturi, Tailandning Xalol Ilmiy Markazi, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning Qozog‘istonda o‘tkazgan o‘quv seminarlarida ishtirok etib soxa yo‘nalishida bilim va xalqaro tajriba ega bo‘lgan mutaxassislar, trener sifatida o‘z xamkasabalariga prezentatsiya namoyish etishdi. Trenerlarlar yuqoridagi davlatlarda oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi, dunyodagi oziq-ovqat, urug‘chilik, qishloq xo‘jaligi soxasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish yo‘nalishidagi innovatsion o‘zgarishlar va loyixalar, Xalol sinov laboratoriyalari va uning afzalliklari, maxsulotlarni eksport-import qilishdagi jaxon tajribasi bilan yaqindan o‘rtoqlashishdi. Xamkasblarining qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.

Ushbu tadbirda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.Karimov va agentlikning boshqarma, tizim tashkilotlari raxbarlari va mutaxassislar xam ishtirok etishdi. Agentlik rahbariyati tomonidan bugungi kunda xalqaro munosabatlar faoliyati takomillashib, soxa yo‘nalishida dunyoning eng ilg‘or davlatlarining grantlari o‘zlashtirayotganligi, shu bilan birga O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining bugungi holati, yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga, yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturining keyingi bosqichlarida yosh iqtidorli, vatanparvar, ulkan maqsadlarga intilib yashaydigan kadrlarni xorijiy davlatlarning soxa yo‘nalishida magistratutra va PhD dasturlarga o‘qishga yuborilishini aloxida ta’kidlab o‘tdi.

Shu maqsadda ilm izlash, xalol kasb talab etish xar bir Agentlik xodimining burchi ekanligini aytib o‘tildi. Tadbir so‘ngida Germaniyaning PTB dasturi bo‘yicha o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan "O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" DK xodimlariga sertifikatlar taqdim etildi. “O‘zstandart” agentligi, xalqaro munosabatlar boshqarmasi tomonidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimiga zamonaviy va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida kelgusida ham bu kabi hamkorlik aloqalari davom ettiriladi.