Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida» PF-6240 -son Farmoniga asosan  O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etildi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi «O‘zstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.