Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi (keyinchalik - Byuro) tashkil etildi.

Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) «O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» DM tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ilmiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega (Toshkent viloyatidan tashqari).

Byuro o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish» agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi

Byuroning vazifalari, funktsiyalari va huquqlari

Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
  • ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;
  • standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha doimiy yangilab turiladigan ma’lumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni «O’zstandart» agentligining Internet tarmog‘idagi saytiga joylashtirish.
  • Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni o‘rganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;
  • mahsulot eksporti masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va «O’zstandart» agentligiga taqdim etadi;
  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan «O’zstandart» agentligiga takliflar kiritadi;
  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;

Byuro "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligi hamda “O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".

“O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi elektron pochtasi:  uassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha info@uztest.uz Telefon raqami: (71) 202-00-11 (1171).

T/r

Markaziy Byuro

F.I.Sh

IP telefon

Qo‘l telefoni

1.
 Bo‘lim boshlig‘i v.b
Xojiyev Elshod Yoqub o‘g‘li
(71) 202-00-11
ichk: (1171)
+99899 000-09-71
2.
Bosh mutaxassis
Sodiqova Malika
(71) 202-00-11
ichk: (1171)
+99897 707-64-56
3.
Mutaxassis
Xidirov Shoxrux
(71) 202-00-11
ichk: (1171)
+99891 791-66-99  

Viloyatdagi tadbirkorlar esa "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga  murojaat etishlari mumkin.

T/r

Hududlar

F.I.Sh Mutaxassis

Qo‘l telefoni

1.

Qoraqalpog‘iston

Nurgaliev Omongali Yeshengalievich

(90) 709-48-28
(93) 707-57-55 

2.

Andijon

Boykishieva Dilnozaxon Abdusalomovna

(97) 963-28-83 

3.

Buxoro

Sharipov Sohibjon 

(99) 700-17-31 

4.

Jizzax

Xudoyberdiev Djamshid Shuhratovich

(90) 310-38-66

5.

Qashqadaryo

Yo’ldoshev Akbar

(98) 110-09-29 

6.

Navoiy

Tog‘aev Anvar O’ktamovich

(90) 619-37-73

7.

Namangan

Sulaymonov Alisher Xabibullaevich

(91) 181-99-44

8.

Samarqand

Do’stqulov Jamshid 

(93) 351-42-43 

9.

Surxondaryo

Eshkaraev Xusniddin Karievich

(93) 790-01-68

10.

Sirdaryo

Saydaliyev Qahramon 

(94) 912-49-92 

11.

Farg‘ona

Niyazova Nigoraxon O’ktamovna

(90) 409-42-84

12.

Xorazm

Ro’zmetov Sardor 

(97) 513-31-30 

13

Toshkent viloyati

Sobitov Diyor

(97) 714-79-11 

 

O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV);

O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi (SSP). 
SSP faoliyatining asosiy maqsadlari: respublikadagi tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda ko‘maklashish; mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqishda faol ko‘maklashish.

Diqqat!

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida “Uzstandart” agentligining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi  (pdf, 4.5MB) tayyorlandi. Ushbu qo‘llanma o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma Yevropa Ittifoqining Yagona bozori to‘g‘risida umumiy tushuncha, shuningdek, YeI mamlakatlariga meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda qo‘yiladigan maxsus talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishda tadbirkorlarga yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari, qo‘llanmada manbalar uchun havolalar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda YeI mamlakatlariga import qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlari va tartib-taomillar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmaning elektron versiyasini “O‘zstandart” agentligining internet tarmog‘idagi www.standart.uz saytidan va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining www.uz.undp.org. saytidan olish mumkin. Qo‘llanmani ishlab chiqishda YeI eksportni qo‘llab-quvvatlash xizmatining YeS Export Helpdesk (www.exporthelp.europa.eu) saytida taqdim etilgan ma’lumotdan foydalanilgan.

 

«O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi.  (pdf, 4.5MB). Ushbu qo‘llanma tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga import qilish tartib-taomillari va qo‘yiladigan talablar hamda tekstil mahsulotlarining halqaro standartlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. 

 

     

 

Diqqat!  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122 – sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga asosan eksportga etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi bekor qilindi.

Diqqat!  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.10.2018 yildagi PQ-3978-sonli "Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida joriy  yilning 3 dekabr kuni «Global GAP» va «Organic» standartlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan Frantsiyaning “ECOCERT” sertifikatlashtirish idorasi va  Respublika sinov sertifikatlashtirish idorasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Frantsiyaning “ECOCERT” sertifikatlashtirish idorasi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini  «Global GAP»  va «Organic» standartlari asosida sertifikatlashtirishda va ekspertlar tayyorlashda  amaliy yordam ko‘rsatadi.

Eksport qiluvchilarga ko‘mak

Eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida eksport qilish jarayoni bosqichlari va vakolatli davlat idoralari bo‘yicha ma’lumotlar 

Tahlil tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy jadval ko‘rinishida tayyorlangan ma’lumot  (ma’lumot rus tilida).

BMT EIK Halqaro standartlari asosida:

mahsulotlari sifat nuqsonlari bo‘yicha izohli tushuntirish plakatlar ishlab chiqildi.  Mazkur plakatlar mahsulotni yetkazib berishdasifat no‘qsonlarini hamda qo‘yimlari bo‘yicha izohli tushuntirish beradi.

 

Eksportga ishlab chiqaradigan korxonalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi mamlakatlararo talablar bo’yicha ma’lumotlarga tez sur’atda ega bo’lishlarini oshirish uchun tegishli saytlarga havolalari bilan davlatlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar taqdim etilgan:

MDH davlatlari bo’yicha ma’lumot

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi huqumatlararo bitimlari;

Texnik reglamentlari;

Majburiy tartibda muvofiqligi baholanadigan maxsulotlar ro’yxati;

Akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari ro’yxati;

Davlatlararo standartlar katalogi;

MDH davlatlarining bozorlarida mahsulotni joylashtirish 

Armaniston 

Belarus 

Qozog’iston 

Rossiya 

Ukraina

Bojxona Ittifoqining  (Belarus, Qozog’iston, Rossiya) a’zo davlatlarida mahsulot xavfsizligi ustidan nazorat bilan bog’liq 

Xorijiy davlatlar bo’yicha ma’lumot

Misr Arab Respublikasi

Buyuk Britaniya

Germaniya

Hindiston

Xitoy Xalq Respublikasi

Polsha

Franstiya

Yaponiya

Xorijiy davlatlar standartlari

Xitoy Xalq Respublikasi milliy standartlari