Energetika menejment va Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimlari standartlari bo‘yicha o‘quv kursi boshlanadi... E’lon! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PP-4335, PP-4338) Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Standartlar instituti sohaga tegishli bo‘lgan xalqaro standartlarni respublikamizda joriy qilish yuzasidan ushbu standartlarni tarjima qilish malakasiga ega bo‘lgan mohir tarjimonlarni shartnoma asosida ishga qabul qiladi (yoki jalb etadi). Ma’lumot uchun telefonlar: (71)253-85-55, (71)253-89-63, (71)250-71-99....
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida "O’zstandart" agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi (keyinchalik - Byuro) tashkil etildi.
Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega (Toshkent viloyatidan tashqari).
Byuro o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O’zstandart» agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Byuroning vazifalari, funktsiyalari va huquqlari
Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Byuro "O’zstandart" agentligi hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi elektron pochtasi: info@rssm.uz Telefon raqami: (71) 202-00-11 (1171,1034).
№ |
Markaziy Byuro |
F.I.Sh |
IP telefon |
Qo‘l telefoni |
1. |
Bo‘lim boshlig‘i v.b |
Xojiev Elshod Yoqub o‘g‘li |
(71) 202-00-11 ichk: (1171) |
(99) 000-09-71 |
2. |
Yetakchi mutaxassis |
Siddikov Bekzod |
(71) 202-00-11 ichk: (1034) |
(98) 190-50-51 |
Viloyatdagi tadbirkorlar esa "O’zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari) murojaat etishlari mumkin.
№ |
Hududlar |
F.I.Sh Mutaxassis |
Qo‘l telefoni |
1. |
“Qoraqalpog‘iston SSM” DK |
Nurgaliev Omongali Yeshengalievich |
(90) 709-48-28 |
2. |
“Andijon SSM” DK |
Boykishiev Dilnozaxon Abdusalomovna |
(97) 997-75-59 |
3. |
“Buxoro SSM” DK |
Soliev Feruz Xusniddinovich |
(90) 510-99-31 |
4. |
“Jizzax SSM” DK |
Xudoyberdiev Djamshid Shuhratovich |
(90) 310-38-66 |
5. |
“Qashqadaryo SSM” DK |
Turdimurotov Xumoyun Azamat o‘g‘li |
(98) 520-08-88 |
6. |
“Navoiy SSM” DK |
Tog‘aev Anvar O’ktamovich |
(93) 462-61-03 |
7. |
“Namangan SSM” DK |
Sulaymonov Alisher Xabibullaevich |
(91) 181-99-44 |
8. |
“Samarqand SSM” DK |
Adilov Sirojiddin Baxtiyor o‘g‘li |
(93) 991-91-60 |
9. |
“Surxondaryo SSM” DK |
Eshkaraev Xusniddin Karievich |
(93) 790-01-68 |
10. |
“Sirdaryo SSM” DK |
Sattarov To‘lqin Abdunazarovich |
(91) 500-03-04 |
11. |
“Farg‘ona SSM” DK |
Niyazova Nigoraxon O’ktamovna |
(90) 409-42-84 |
12. |
“Xorazm SSM” DK |
Salaev Qudrad Ibodullaevich |
(97) 511-89-26 |
BIZNING HAMKORLAR:
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV);
O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi (SSP).
SSP faoliyatining asosiy maqsadlari: respublikadagi tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda ko‘maklashish; mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqishda faol ko‘maklashish.
Diqqat!
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida “Uzstandart” agentligining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi (pdf, 4.5MB) tayyorlandi. Ushbu qo‘llanma o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma Yevropa Ittifoqining Yagona bozori to‘g‘risida umumiy tushuncha, shuningdek, YeI mamlakatlariga meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda qo‘yiladigan maxsus talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishda tadbirkorlarga yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari, qo‘llanmada manbalar uchun havolalar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda YeI mamlakatlariga import qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlari va tartib-taomillar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmaning elektron versiyasini “O‘zstandart” agentligining internet tarmog‘idagi www.standart.uz saytidan va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining www.uz.undp.org. saytidan olish mumkin. Qo‘llanmani ishlab chiqishda YeI eksportni qo‘llab-quvvatlash xizmatining YeS Export Helpdesk (www.exporthelp.europa.eu) saytida taqdim etilgan ma’lumotdan foydalanilgan.
«O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi. (pdf, 4.5MB). Ushbu qo‘llanma tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga import qilish tartib-taomillari va qo‘yiladigan talablar hamda tekstil mahsulotlarining halqaro standartlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.
Diqqat! O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122 – sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga asosan eksportga etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi bekor qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.10.2018 yildagi PQ-3978-sonli "Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3 dekabr kuni «Global GAP» va «Organic» standartlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan Frantsiyaning “ECOCERT” sertifikatlashtirish idorasi va Respublika sinov sertifikatlashtirish idorasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Frantsiyaning “ECOCERT” sertifikatlashtirish idorasi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini «Global GAP» va «Organic» standartlari asosida sertifikatlashtirishda va ekspertlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Eksport qiluvchilarga ko‘mak
Eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida eksport qilish jarayoni bosqichlari va vakolatli davlat idoralari bo‘yicha ma’lumotlar
Tahlil tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy jadval ko‘rinishida tayyorlangan ma’lumot (ma’lumot rus tilida).
BMT EIK Halqaro standartlari asosida:
mahsulotlari sifat nuqsonlari bo‘yicha izohli tushuntirish plakatlar ishlab chiqildi. Mazkur plakatlar mahsulotni yetkazib berishdasifat no‘qsonlarini hamda qo‘yimlari bo‘yicha izohli tushuntirish beradi.
Eksportga ishlab chiqaradigan korxonalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi mamlakatlararo talablar bo’yicha ma’lumotlarga tez sur’atda ega bo’lishlarini oshirish uchun tegishli saytlarga havolalari bilan davlatlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar taqdim etilgan:
MDH davlatlari bo’yicha ma’lumot
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi huqumatlararo bitimlari;
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanadigan maxsulotlar ro’yxati;
Akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari ro’yxati;
Davlatlararo standartlar katalogi;
MDH davlatlarining bozorlarida mahsulotni joylashtirish
Bojxona Ittifoqining (Belarus, Qozog’iston, Rossiya) a’zo davlatlarida mahsulot xavfsizligi ustidan nazorat bilan bog’liq
Xorijiy davlatlar bo’yicha ma’lumot
Yaponiya
Xorijiy davlatlar standartlari
Xitoy Xalq Respublikasi milliy standartlari