Energetika menejment va Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimlari standartlari bo‘yicha o‘quv kursi boshlanadi... E’lon! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PP-4335, PP-4338) Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Standartlar instituti sohaga tegishli bo‘lgan xalqaro standartlarni respublikamizda joriy qilish yuzasidan ushbu standartlarni tarjima qilish malakasiga ega bo‘lgan mohir tarjimonlarni shartnoma asosida ishga qabul qiladi (yoki jalb etadi). Ma’lumot uchun telefonlar: (71)253-85-55, (71)253-89-63, (71)250-71-99....
“O'zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
“O'zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy tashkilot sifatida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi.
“O'zstandart” agentligi quyidagi xorijiy davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha milliy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi:
MDH davlatlari, Misr Arab Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Litva Respublikasi, Slovakiya Respublikasi, Turkiya, Singapur Respublikasi, Janubiy Koreya, Yunoniston (Gretsiya), Germaniya Federativ Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vietnam, Hindiston Respublikasi, Indaneziya Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Latviya Respublikasi, Polsha Respublikasi, Frantsiya.
Idoralararo kelishuv (.pdf)(172 kb)