“Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” ijrosi to‘g‘risida ma’lumot... “Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” ijrosi to‘g‘risida ma’lumot... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Boshqarma boshlig‘i lavozimga tanlov e’lon qiladi... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Bosh yuriskonsult lavozimga tanlov e’lon qiladi... Brifing...
O'zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi
EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi
GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan
GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami berilgani to'g'risida guvohnoma va EAN tizimiga ko'ra tovar kod tuzilmasini beradi
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi
Original-maketning yuqori qismida albatta Davlat reestridagi ro'yxatga olish raqami ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bu raqamsiz shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo'l qo'yilmaydi
Shtrixli kodlash sohasida:
Firmaning o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlar va turli tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin.