Energetika menejment va Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimlari standartlari bo‘yicha o‘quv kursi boshlanadi... E’lon! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PP-4335, PP-4338) Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Standartlar instituti sohaga tegishli bo‘lgan xalqaro standartlarni respublikamizda joriy qilish yuzasidan ushbu standartlarni tarjima qilish malakasiga ega bo‘lgan mohir tarjimonlarni shartnoma asosida ishga qabul qiladi (yoki jalb etadi). Ma’lumot uchun telefonlar: (71)253-85-55, (71)253-89-63, (71)250-71-99....
«O’zstandart» agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi standartlashtirish, mahsulot va hizmatlarni sertifikatlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashni olib bormoqda. Ta’lim berish yakunlangandan so‘ng mutaxassislarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya soxasida kasb faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlaydigan, kasbiy qayta tayyorlash soxasida belgilangan namunadagi guvohnoma tag‘dim etiladi.
Quyidagi mutahassisliklar bo‘yicha mutahassislar malakasini oshiradi:
Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi o‘quv guruhlarida ishdan uzilgan holda bir haftadan olti haftagacha bo‘lgan muddatida olib boriladi (o‘kuv soatlari hajmi 36 soatdan 216 soatgacha), zamonaviy moddiy-texnikaviy baza va mehmonxona kompleksiga ega. O’kuv jarayoniga Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikadagi korhonalarning oliy ilmiy va pedogogik malakaga ega bo‘lgan yetakchi mutaxassislari jalb etiladi. Barcha ishlar shartnoma asosida bajariladi. 2019 yildagi O’quv kurslar rejasi havolada
Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi Reja-jadvalida kelishilmagan mutaxassisliklar bo‘yicha korxona va tashkilot mutaxassislarini (10 kishidan kam bo‘lmaganda) o‘qitishni o‘tkazishi mumkin. Tashkilotning buyurtmasiga ko‘ra Malaka oshirish markazi qiziktirayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘kuv-tematik rejani va kerakli professor-o‘qituvchilar guruhini lektsiyalar o‘qish uchun tayyorlaydi.