Energetika menejment va Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimlari standartlari bo‘yicha o‘quv kursi boshlanadi... E’lon! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PP-4335, PP-4338) Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Standartlar instituti sohaga tegishli bo‘lgan xalqaro standartlarni respublikamizda joriy qilish yuzasidan ushbu standartlarni tarjima qilish malakasiga ega bo‘lgan mohir tarjimonlarni shartnoma asosida ishga qabul qiladi (yoki jalb etadi). Ma’lumot uchun telefonlar: (71)253-85-55, (71)253-89-63, (71)250-71-99....
“O‘zstandart” agentligi tomonidan e’lon qilinishi-chop etilishi lozim bo‘lgan axborot materiallari ro‘yxati
1. “O‘zstandart” agentligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2. “O‘zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
3. “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.