Uzbek Agency for
Technical Regulation


CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6240 -son Farmoniga asosan  O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etildi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi «O‘zstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom” "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi  114-son Qarori bilan tasdiqlangan.