Uzbek Agency for
Technical Regulation


CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmak berish boʻyicha maʼlumot!

Bugun aytish lozimki, barchamiz juda katta sinovlardan oʻtayapmiz. Juda koʻp mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi tufayli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarining keskin pasayish holatlari kuzatilmoqda.

Mana shunday murakkab davrda, jamiyatimizda barqaror taraqqiyotni taʼminlash, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida Muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan aniq amaliy choralar koʻrilmoqda.

Prezidentimiz koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, xalqimiz salomatligini asrab-avaylash maqsadida bir nechta murojaat bilan chiqdilar. Bu bejizga emas. Bugungi kun sinovlari barchamizdan birdamlik va ahillikni, hamjihatlik bilan muammolarga yechim topishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi tizimida ham bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, tizim-tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob berish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga standartlarni bepul yetkazib berish va elektron xizmatlar sifatini oshirish vazifalariga eʼtibor qaratilmoqda.

Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, qisqa vaqt mobaynida:

– Respublikada faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda profilaktika ishlari oʻtkazilib, 2 337 ta korxonalar standartlar bilan bepul taʼminlandi;

– 836 ta korxonada xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 ming taga yetkazildi;

– xorijiy mamlakatlarning ilgʻor va zamonaviy standartlari mahalliy sanoat korxonalariga yetkazilmoqda, jumladan Amerika materiallar sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM) 12 mingdan, Fransiyaning (AFNOR) – 10 mingdan, Yevropaning EN standartlari MDX davlatlarining 5 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi va tadbirkorlarga yetkazib berilmoqda.

Pandemiya davrida xalqaro standartlar asosida 20 tadan ziyod zarur tibbiyot niqoblari, himoya kiyimlari, antiseptik vositalar, dezinfeksiya vositalariga tegishli standartlar qabul qilinib amaliyotga kiritildi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu standartlar bilan bepul taʼminlandi.

Masalan, Respublikamiz aholisi sogʻligʻini saqlash hamda maxsus himoya niqoblariga boʻlgan meʼyorlarni belgilash maqsadida “Oʻzstandart” agentligi tomonidan Toʻqima va Notoʻqima matolardan himoya va tibbiyot niqoblari davlat standartlari Yevropa ittifoqi standartlari talablari asosida ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda milliy akkreditatsiya tizimida 462ta sinov laboratoriya, 64ta mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish idoralari, 18 ta menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, 14 ta inspeksiya organlari va 80 dan ortiq metrologiya xizmatlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Mamlakatimizda oʻtkaziladigan sinovlar va rasmiylashtiriladigan muvofiqlik sertifikatlariga ishonchiligini taʼminlash yuzasidan bir necha yildan beri akkreditatsiya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish va mavjud jarayonlarni xalqaro talablariga uygʻunlashtirish ishlari olib bormoqda.

“Oʻzstandart” agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “Akkreditatsiya markazi” DUK tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunda Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligida (ARAS) muxbir aʼzo hisoblanadi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va filiallari tomonidan Respublika boʻyicha 800 dan ortiq eksportyor korxonalarning oʻlchov vositalari tegishli tartibda davlat qiyoslovidan oʻtkazilib kelinmoqda.

- Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan shu kunga qadar 1586 ta infraqizil termometrlar bepul tekshiruvlardan oʻtkazib berildi;

Shulardan 300 yaqini yirik ishlab chiqaruvchilar sarasiga kiradi. Manfaatdor tomonlar boʻlgan - jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ariza va murojaatlar elektron shaklda qabul qilinishi yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa ularning ortiqcha vaqtlari va mablagʻlarini tejashga olib keladi.

2020-yilda reja boʻyicha 2900 ta yangi zamonaviy ilgʻor texnikalar mujassamlangan xalqaro standartlar qabul qilinadi.

Murakkab pandemiya sharoitida 2020-yilda Respublikamiz boʻyicha jami 164 ta eksporter korxonalarga “Global G.A.P.“ va ”Organic” standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksportni amalga oshirish maqsadida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, maqsadida jahon mamlakatlari tomonidan tan olingan xalqaro standartlarni qabul qilish ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Bugungi kunga kelib qishloq-xoʻjaligi sohasiga tegishli 1276 ta standartlar (shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uygʻunlashgan, 70%) amalga kiritilgan. Bularning 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlari tashkil etadi.

Bundan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga tegishli 69 ta YEEK OON standartlari qabul qilindi.

Shu bilan birga, oziq-ovqat sanoatiga tegishli 3509 ta standartlar (2140 tasi xalqaro standartlarga uygʻunlashgan, 61%) amalga kiritilgan. Bularning 424 tasi xalqaro va 23 tasi xorijiy davlatlarning standartlarini tashkil etadi.

Shu kunga qadar 10 ta sertifikatlar taqdim etilgan boʻlib, 135 ta korxonalarda xalqaro standart talablari joriy etilishi davom ettirilmoqda.

Bugungi kunga kelib qishloq-xoʻjaligi sohasiga tegishli 900ga yaqin xalqaro standartlar amalga kiritilgan. Bundan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga tegishli 69 ta yevroiktisodiy komisiyasi (YEEK OON) standartlari qabul qilindi.

Xalqaro ekspert (Latviyaning BIOR instituti vakili) tomonidan mamlakatimizda oʻtkazilgan oʻrganish natijasida, hududlarning eksport salohiyatidan kelib chiqqan holda oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish natijasiga koʻra, Respublika hamda Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash koʻzda tutilgan, loyiha summasi 11,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi, hamda mahsulotlar tarkibidagi genetik modifikatsiyalangan maxsulot miqdorini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi.

Albatta, “Oʻzstandart” agentligi tizimida olib borilayotgan bunday ishlar yurtimizda mahsulotlarni sifatini oshirish bilan birga uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini taʼminlashga yordam beradi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlar sifatini oshirish va xorijiy bozorlarga olib chiqish eng ustuvor vazifadir

Lekin, biz hali biz koʻzlagan maqsadlarga toʻliq yetganimiz yoʻq. Shu bois, “Oʻzstandart” agentligi bu borada Sizlarga koʻmakdosh ekanligini eʼtirof etgan holda birgalikda yuqori sifatga erishish zarurligini bildiradi.

Sohadagi muammolarni oʻz vaqtida hal etish barchamizning burchimizdir, va bu borada faoliyatingizda muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik toʻsiqlarga duch kelayotgan boʻlsangiz bizga murojaat qiling.

Bugungi kunda muvofiqlikni baholash tizimini isloh qilish va ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga keng kiritish borasida sizning xar bir taklif va fikrlaringiz biz uchun juda muhimdir.

Buning uchun, hozirda Agentlikning Facebook tarmogʻida rasmiy sahifasi, Savol-javob (Telegram) kanali, matbuot xizmati sahifasi va ishonch telefoni Sizlarga qulay boʻlishi uchun ishga tushirildi.

Agentlik va uning tizim-tashkilotlarida olib borilayotgan bunday ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimizda iqtisodiyotni rivojlantirish orqali, milliy mahsulotlarimiz sifati va raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan.