Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan "O’zstandart" agentligi qoshida Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti tashkil etilgan va unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan:

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunbuzilishlarining oldini olish va profilaktika qilishni amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
  • texnik reglamentlar, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi, o‘lchov birliklari yagonaligi va ishonchliligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-son Farmoniga asosan 2022 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi.