«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-6013, Qabul qilingan sana 29.06.2020, Kuchga kirish sanasi 30.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, №PQ-4761, Qabul qilingan sana 29.06.2020, Kuchga kirish sanasi 30.06.2020

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-5729, Qabul qilingan sana 27.05.2019, Kuchga kirish sanasi 29.05.2019

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvyensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-158, Qabul qilingan sana 07.07.2008, Kuchga kirish sanasi 19.07.2008

Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xalqaro ISO 37001 standarti talablari mavzusida 26 ta vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida onlayn vebinar o‘tkazildi.
Ushbu vebinarda komplayens nazorati hamda xalqaro ISO 37001 standarti va uning afzaliklari bo‘yicha tushuntirish berildi.
ISO 37001 standarti ISO xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib “O‘zstandart” agentligining 2019 yil 26 iyuldagi 05-1052-sonli qaroriga muvofiq xalqaro talablarga mos O’zDSt ISO 37001:2019 (ISO 37001:2016, IDT) “Pora olish-berish bilan kurashish menejmenti tizimlari. Foydalanish bo‘yicha talablar va qo‘llanma” standarti Davlat reyestriga kiritildi.Ushbu standartda pora olish-berish bilan kurashish boshqaruvi tizimlarini yaratish, joriy etish, yuritish, tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha talablar o‘rnatiladi va rahbariy ko‘rsatmalar beriladi.Standart tashkilot uchun yordam tariqasida pora olish-berishning oldini olish, aniqlash va javob berishiga nisbatan ishlab chiqilgan menejment tizimiga talablarni belgilaydi hamda pora olish-berish bilan kurashish qonunlariga va ixtiyoriy majburiyatlarga mos kelib, uning faoliyatiga nisbatan qo‘llaniladi
Tashkilot pora olish-berishning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishda yordam beradigan, oqilona va mutanosib chora-tadbirlar va nazoratni amalga oshirishi kerak, shu jumladan:

  • Pora olish-berish bilan kurashish siyosati
  • Boshqaruv organi, majburiyat va mas’uliyat
  • Xodimlarni nazorat qilish va o‘qitish
  • Xatarlarni baholash
  • Loyihalar va biznes hamkorlarni kompleks tekshirish
  • Moliyaviy, tijoriy va shartnomaviy nazorat
  • Hisobot, monitoring, surishtirish va umumiy tahlil
  • To‘g‘rilovchi harakatlar va doimiy yaxshilash