Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Standartlashtirish bo’yicha me’yoriy xujjatlar

“O’zstandart” agentligining me’yoriy xujjatlar davlat fondida 40 mingdan ortiq meyo’riy xujjatlar ro’yxatga olingan: O’zbekiston Davlat standartlari, Halqaro standartlar, (ISO, IEC va boshqalar), Davlatlararo standartlar (GOST), Chet el mamlakatlarining milliy standartlari va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-sonli qaroriga muvofiq mavjud Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va "Axborot-ma’lumot markazi" davlat korxonasi negizida «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasas(Standartlar instituti) tashkil etildi.

Ushbu qaroriga asosan «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, shartnoma asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning arizalari bo‘yicha ishlab chiqish va realizatsiya qilish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy tashkilot etib belgilandi.

Standartlashtirish bo’yicha me’yoriy hujjatlarning O’zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritilganligi va  ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlar bizning saytimizda taqdim etilgan.

 

O’zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan  standartlar ro‘yxati

 

O’zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan «GlobalG.A.P.» va «ORGANIC»  standartlari ro‘yxati

 

Xitoy milliy standartlari katalogi (580 standartlar nomi) ingliz tilida