«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi) - O’zbekiston Respublikasining akkreditatsiya bo‘yicha Milliy organi xisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 349-sonli qaroriga asosan akkreditatsiya bo‘yicha ishlarni olib borish "Akkreditatsiya markazi" DUKga (keyingi o‘rinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) yuklatilgan.

Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

  • muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga (IAF) to‘laqonli a’zo sifatida kirish;
  • akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;
  • akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o‘zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo‘yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish;
  • akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash.

Akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar:

  • akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
  • ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • treninglar, seminarlar o‘tkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;
  • o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar to‘lash;
  • eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
  • Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.

​Akkreditatsiya milliy tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab berishi va Akkreditatsiya markazi ushbu yo‘nalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib borushi uchun  Akkreditatsiya markazi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar ishtirokida Akkreditatsiya bo‘yicha kengashi tashkil etildi.