Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyati to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega. Yuqoridagi qonundan kelib chiqib, tegishli ma'lumotlar rasmiy veb-saytning tegishli bo'limlarida joylashtirilgan.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun yozma yoki elektron shaklda: shaxsan, pochta aloqasi orqali, elektron pochta (uzst@standart.uz yoki info@standart.uz) orqali so‘rov yuborish huquqiga ega.

So‘rovlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-martda 2769-son ro‘yxatga olingan

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatiga oid murojaatlar statistikasi