Joriy yilning 15-18 avgust kunlari "O'zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasining navbatdagi 19 - Boshqaruv kengashi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Turkiya tomonidan "Turk standartlari instituti" prezidenti Sebaxiddin Korkmaz va Tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kurshat Yilmaz, Uzbekistan tomonidan, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori urinbosari J.G‘.Mirsaidov, Akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Sh.B.Alimov va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori J. N. Shukurov ishtirok etishdi.

Yg‘ilishda, "O'zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasida 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan hisoboti eshitildi, shuningdek, 2016 va 2017 yillar uchun istiqboldagi rejalar kelishib olindi va qaror qabul qilindi. Bunda, imkon qadar tez fursatda qo‘shma korxona qoshida elektr-xo‘jalik mahsulotlarini elektr tejamkorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha sinov laboratoriyasini tashkil etish masalasi ilgari surilib, o‘rnatilgan tartibda ishlarni bajarish maqsadida reja-dastur tayyorlash va ushbu dasturga muvofiq ishlarni amalga oshirilishi kelishib olindi.

Shu bilan birga, qo‘shma korxonada yuklarni ortishdan oldingi va keyingi tekshirish idorasini (POI) ochish, hamda Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropaning “СЕ” belgisini berish ishlarini tashkillashtirish maqsadida birgalikda reja dastur tayyorlash va ijrosini ta’minlashga kelishib olindi.