“O‘zstandart” agentligi tizimida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida e’tiborga molik ishlar bajarilmoqda.
Joriy yilning 15 noyabrdan boshlab “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Haitovning agentlik rasmiy veb-saytida vertual qabuli tashkil etilgan edi. Asosiy maqsad, agentlikning jamoatchilik bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimizning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarishdan iborat.
Hozirga qadar Bosh direktorning vertual qabuligi 50 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Unda asosan, o‘lchov vositalarining davlat qiyoslovidan o‘tkazish tartiblari, standartlashtirish, va muvofiqlikni baholash sohalari bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘rnatilgan tartibda javob qaytarilmoqda.