O‘lchovlar va natija.

Germaniyada ishlab chiqilgan va hujjatlar ekspertizasini ijobiy natijalarida tan olingan suvdagi temir, marganets, sulfat, nitrat, nitrit va ammoniyning massa konsentratsiyasini o‘lchashlarni bajarish usuliyati (O‘BU) O‘zbekiston Respublikasi O‘BU davlat reyestriga O′z OU 0718:2016 (Test 1.14761:2013), O′z OU 0721:2016 (Test 1.14770:2013), O′z OU 0722:2016 (Test 1.14548:2013), O′zOU 0719:2016 (Test 1.09713:2013), O′z OU 0717:2016 raqamlari ostida kiritilgan.

“O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti tomonidan «Nestle Agro» MChJ taqdim etgan O‘BUni tan olish va O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llashga ruxsat berish uchun hujjatlarning metrologik ekspertizasi o‘tkazildi va ekspertizaning natijalari asosida ular tan olindi va O‘zbekistonda qo‘llashga ruxsat etildi.

Tan olingan O‘BU ISO va DIN usuliyatlariga muvofiq keladi va yer osti, yer usti va ichimlik suvlarida; dengiz suvida, buloq suvida va quduq suvida, urug‘lantirish uchun ozuqa eritmalarida va tegishli namuna tayyorlashdan keyin tuproqlarda noorganik ionlarning ionlarini o‘lchashga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasida tan olingan va qo‘llashga ruxsat etilgan O‘BU butilkalangan gazlangan va gazlanmagan holda ishlab chiqariladigan “Nestle Pure Life” suvlari sifatini tekshirish uchun qo‘llaniladi.