O‘zbekiston Respublikasi sanoatida qo‘llaniladigan bosim o‘lchash vositalarining metrologik tekshiruvini ta’minlash uchun “O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK tomonidan ortiqcha bosim, siyraklashuv, bosimlar farqi va mutloq bosimni o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uchun avtomatlashtirilgan stend xarid qilindi.

Hozirgi vaqtda “O‘zstandart” agentligi “MXKM” DKda mutloq bosimni o‘lchash vositalarini va barometrlarni qiyoslash usullari o‘zlashtirildi. Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligining akkreditatsiya boshqarmasiga akkreditatsiya doirasini kengaytirish uchun ariza berildi. Bu esa o‘z navbatida respublikaning tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoitlar yaratadi.