«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor o'rinbosari

Shukurov  Jasur  Nigmatovich​

Telefon: 0 (371) 202-11-01

Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

Qabul kunlari: Dushanba, Juma 08-00 dan 11-00 gacha

Elektron pochta: uzst@standart.uz

«O’zstandart» agentligi Bosh direktor o’rinbosarining majburiyatlari:

«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida», «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida», «Muvofiqlikni baholash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalarini agentlik bo’limlari tomonidan ko’rib chiqilishini ta’minlaydi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;

umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida ishlarning olib borilishini tashkillashtiradi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazash ishlarini muvofiqlashtiradi;

xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bilan bog’liq ishlarni tashkil etadi;

umumiy va maxsus texnik reglamentlar, standartlar, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish bilan bog’liq ishlarning olib borilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro standartlarni qo’llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi;

standartlashtirish, o’lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko’rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg’unlashtirilishini ta’minlaydi;

mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o’lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;

bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

«O’zstandart! agentligi tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarining joriy etilishini ta’minlaydi.