«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor

Xaitov Aktam Axmadovich

Telefon: 0 (371) 202-00-11

Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba 08-00 dan 11-00 gacha

Elektron pochta: uzst@standart.uz

«O’zstandart» agentligi Bosh direktorining majburiyatlari:

«O’zstandart» agentligi faoliyatiga yakkaboshilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;

«O’zstandart» agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi va «O’zstandart» agentligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

o’z o’rinbosari vakolatini belgilaydi, «O’zstandart» agentligi tizimi boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, o’z o’rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning «O’zstandart» agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli organlar va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;

«O’zstandart» agentligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;

xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida «O’zstandart» agentligi markaziy apparati, shuningdek Agentlikka qarashli organlar va muassasalar shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

«O’zstandart» agentligining tarkibiy va hududiy bo’linmalari,

shuningdek, «O’zstandart» agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

«O’zstandart» agentligi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini, «O’zstandart» agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, sifat va davlat nazorati bo’yicha organlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;

Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.