«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



2016 yil holati bo'yicha analitik ma'lumotlar
     yuklab olish uchun havola: (pdf, 25 KB)  

2016 yil uchun standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ishlar holati to‘g‘risida
ANALITIK MA’LUMOTNOMA
   

 yuklab olish uchun havola: (pdf, 297 KB)

 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish,
Agentlikning laboratoriyalarini modernizatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning natijadorligi to‘g‘risida tahliliy ma’lumot

Birinchidan -sifatni nazorat qilish va sertifikatlash bo‘yicha ishlarning ko‘lamini yanada kengaytirish uchun; 
Buning uchun laboratoriya jihozlarini almashtirishga bu yil 10 mlrd. so‘m, o‘tgan yilgidan 2 marta ko‘p mablag‘ ajrildi. Rejaga ko‘ra yaqin 3 yilda 10 mln. dollarlik jihoz xarid qilib, ma’nan eskirganlari yangilanadi.
Ma’lumot uchun: ma’nan eskirgan 910 ta asbob-uskunalarning o‘rnini bosuvchi umumiy qiymati 13,5 mlrd. so‘mlik 400 ta sinov va o‘lchov qurilmalarining aniq ro‘yhati shakllantirildi.
Dasturga asosan, joriy yilning birinchi choragida 2,9 mlrd. so‘mlik 95 ta sinov uskunalarini xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1,4 mlrd so‘mlik 46 ta uskuna xarid qilindi. Natijada chorak rejasi 47,2 % ga, yillik reja 10%ga bajarildi. 
Belgilangan rejaga asosan, joriy yilning 1 sentyabrgacha Qoraqalpog‘istonda zamonaviy laboratoriya binosi qurilib, jihozlanadi.Buning uchun 2,5 mlrd so‘m ajratildi.
Andijonda esa birinchi yarim yillikda 2,1 mlrd so‘mlik mashinasozlik va elektrotexnika laboratoriyasini ishga tushirildi. 
Toshkent shahrida energiya xavfsizligi bo‘yicha yangi laboratoriyani yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan. 
O‘zbekistondagi tekshiruv natijalarini xalqaro darajada tan olish bo‘yicha o‘tgan yil oktyabr oyida Shveysariyaning SGS xorijiy korxonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Toshkent shahridagi oziq-ovqat laboratoriyasida 100dan ortiq mahsulotga SGS va O‘zstandart logotopi tushirilgan bayonnomalar berildi. Bu yil laboratoriyaga Yevropa bozori uchun mikrobiologiya ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan jihozlarni olib kelib o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. 
Qo‘shma korxona shaklida tuzilgan 2 laboratoriya foliyatini kengaytiradi, bular Toshkent shahrida Turkiya standartlash instituti bilan tekstil, elektrotexnika yo‘nalishida hamda Sirdaryoda Xitoy davlati bilan qurilish va santexnika materiallari sinovini o‘tkazish bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetkazildi.
O‘tgan yili elektrotexnika, oziq-ovqat, yengil sanoat va qurilish mollarini sinash laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Natijada 35 ta xalqaro sinov uslublari joriy etildi. 
Joriy yilda Namanganda - tekstil, Buxoroda – kimyo maxsulotlari, Surxondaryoda - oziq-ovqat, Samarqandda - mashinasozlik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Buning natijasida 95 ta xalqaro sinov usuli joriy etiladi. Bu laboratoriyalari tomonidan bergan xulosa va sertifikatlar dunyoda tan olinadi. 
E’tiborli ishlardan yana biri bu-yirik tarmoqlarning zamonaviy korxonalari laboratoriyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. (O‘zavtosanoatning 13 ta korxonasi, O‘zeltexsanoatning 9 tasi, O‘zbekneftegazning 3ta, O‘zkimyosanoatning 5 ta korxonasi laboratoriyasi milliy akkreditatsiyadan o‘tdi, hamkorlik qilinmoqda. “O‘zavtosanoat” bilan birga 2 ta korxona “Uz-Koram Ko”, «Avtosanoat-Sepla», O‘zbekneftegaz bilan Qo‘ng‘irotdagi “Uz-Kor GasChemical” QK laboratoriyasini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazlmoqda.). 
Ikkinchi vazifa, korxonalarning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida ISO 9001 xalqaro sifat menejmentini joriy etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish. 
 O‘tgan 2016 yilda 1954 ta korxonada sifat menejmenti joriy etilgan bo‘lsada, ularning soni 4181 tani yoki sanoat korxonalarining 9 foizini tashkil etmoqda. Shuning uchun bu yil 4,5 mingta korxonada, shundan 1700 tasi eksportyor korxona bo‘yicha aniq ish rejani hokimliklar, tarmoqlar va korxonalar bilan tasdiqlab olindi. Birinchi yarim yillikda 800 ta korxonada sifat tizimlari joriy etiladi. 
Ma’lumot uchun 2017 yil rejasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (185) Toshkent sh. (872), Toshkent v. (537), Farg‘ona (415), Samarqand (383), Andijon (354), Namangan (344), Xorazm (307), Buxoro (228), Qashqadaryo (215), Navoiy (205), Surxondaryo (172), Jizzax (163), Sirdaryo (83).
Uchinchi vazifa Sertifikatlashtirish idoralari ustidan nazoratni kuchaytirish masalasidir. Bu borada sifatsiz sertifikatlarni rasmiylashtirishni oldini olish maqsadida barcha viloyatlarda tizimli ishlar tashkil etildi. 
Ma’lumot uchun: 10 sertifikatlashtirish idorasida inspeksion nazorat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar asosida faoliyati to‘xtatildi, 4 ta idora va 1 ta laboratoriyaning faoliyatini bekor qilish uchun xujjatlar sudga chiqarildi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy materiallar umumlashtirilib ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
To‘rtinchidan, hududlardagi bozorlar va savdo do‘konlarida Xitoydan import qilingan isitish tovarlari (elektr pechkalar, duxovkalar, qozonlar, gorelkalar) muvofiklik sertifikatisiz sotilishi oldini olish maqsadida viloyat hokimligi, soliq, standartlashtirish, SES, bojxona va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan hamkorlikda qo‘shma chora-tadbirlari tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. 
Birinchi navbatda tadbirkorlarga amaldagi qonunchilik bo‘yicha tushuntirish berish orqali sertifikati bo‘lmagan isitish moslamalari va jihozlari savdodan oldirilayapti. 
Shuningdek, hududiy standartlashtirish boshqarmalari va sanoatgeokontexnazorat inspeksiyalari xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan maktab, va MTM, QVPlarda isitish qozonlarining holati va sifatini kafolatlovchi muvofiqlik sertifikati borligini o‘rganish rejalari tasdiqlandi va joriy yilning fevral oyining oxiriga qadar ijro etildi. 

Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga sosan Xazorasp, G‘ijdivon, Urgut va Qo‘qon erkin iqtisodiy hududlarida “O‘zstandart” agentligining ilmiy ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq qadama-qadam chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, barcha viloyatlarda aholiga maishiy gaz, suv va elektr hisoblagichlarni qiyoslash masalasida qulay shart sharoit yaratish maqsadida ko‘chma laboratoriyalar faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari 20 ta tumanlarda aholidan maishiy hisoblagichlarni qabul qilish va qiyoslash bo‘yicha shaxobchalar tashkil etildi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga mahsulotlarni eksport qilishda qulaylik yaratish masalasida halqaro va xorijiy davlatlarni standartlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha tegishli normativ huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish loyihasi tayyorlandi. 
2017 yil mobaynida markazlar sertifikatlashtirish idorasining akkreditatsiya doirasini 4 xilga ya’ni yengilsanoat, 5 xil oziq-ovqat mahsulotlari, 2 xil kimyo mahsulotlariga va 3 ta umumiy texnik reglament, 1 ta mahsus texnik reglamentlarga kengaytiriladi. 
2017 yilda Buxoro viloyatida kimyo, Namanganda yengil sanoat, Surxondaryoda oziq-ovqat mahsulotlarni sinash laboratoriyalari halqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.