Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Umumiy bo’lim boshlig'i

Agzamov Saidmaxmud Tuxtamuradovich

Telefon: 0 (371) 202-00-11 (0101). Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

Qabul kunlari: Dushanba-juma: 09-00 dan 18-00 gacha

Elektron pochta: uprdel@standart.uz

Lavozim vazifalari:

  • Agentlikda ish yuritish tizimini tashkillashtiradi;

  • Agentlik ish yurituvida yagona hujjat aylanishi tizimini ta’minlaydi;

  • Agentlikka kelib tushgan hujjatlar (qonun, qaror, farmon, farmoyish, xat, ariza, murojaatlar)ni belgilangan tartibda kirim qilinishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkillashtiradi;

  • Agentlikda hujjatlar bilan ishlash tizimini natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

  • Kirim qilingan hujjatlarni belgilangan muddatlarda rahbariyatga kiritilishini ta’minlaydi;

  • Rahbarlar rezolyutsiyasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun mas’ullarga yetkazish, qayd varaqalarini rasmiylashtirish, ro‘yxatga olingan hujjatlarni hamda tegishli ko‘rsatmalarni kompyuter dasturiga kiritish, ro‘yxatga olingan va kompyuterga kiritilgan hujjatlarning monitoringi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash, bajarilgan hujjatlarni manzillariga jo‘natish va nazoratdan chiqarish, olingan va jo‘natilgan korrespondensiyalarning hisobini yuritish, joriy hujjatlar saqlashini ta’minlash, muomaladan chiqarilgan hujjatli materiallar va qayd kartochkalarini arxivga tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;

  • Ish yuritish samaradorligini oshirish va bajarilayotgan ishlar sifatini yaxshilash uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha rahbariyatga takliflar tayyorlaydi;

  • Bo‘limda mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongindan saqlash qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi;

  • Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul kilish va ularning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

  • Bo‘lim mutaxassislarining ish malakasini oshirish chora- tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • Yuklangan boshqa vazifa va funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.