Donishmand bobolarimiz, farishtanamo momolarimiz har tong shukronalik bilan yurtimizga tinchlik, farovonlik va fayzu-baraka tilab duo qilishlarida katta hikmat bor.
Birgina osoishtalik, hamjihatlik bor joyda albatta taraqqiyot, ertangi kunga yuksak ishonch bo‘ladi.
Mamlakatimizning barcha go‘shalarida mustaqillik bayramini munosib kutib olish va uni xursandchilik bilan nisholashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Karimov bayram munosabati bilan tizim va tashkilot xodimlarini tabrikladi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda Bosh direktor yig‘ilgan barcha xodimlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ishlariga omad, oilalariga esa tinchlik-xotirjamlik tiladi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin.