“O’zstandart” agentligi rahbariyatining navbatdagi “Sayyor qabuli” Sirdaryo viloyatining olis Sardoba tumanida tashkil etildi.

Tadbirga Viloyat hokimligining tadbirkorlik va eksportni qo‘llab-quvvatlash guruhi, Bojxona boshqarmasi, Investitsiya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi, eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi viloyat bo‘limi, karantin inspektsiyasi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxona rahbarlari, Sardoba va qo‘shni tumanlarda faoliyat olib borayotgan korxonalar vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Tadbirni Sardoba tumani xokimi A.Xidirov ochib berdi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da yurtimizda tadbirkorlik muxiti, yangi korxonalar, loyihalarning yaratilishiga, ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari va raqobatning o‘sishiga olib kelyotganligini, bu esa o‘z navbatida eksportbop mahsulotlarning ko‘payishiga zamin yaratayotganligi ta’kidlab, Sardoba tumanida ham tadbirkorlik faoliyatida bir qancha ishlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi.

Albatta mahsulotlarning sifati va eksportbop bo‘lishida “O’zstandart” agentligining o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, “O’zstandart” agentligi matbuot kotibi A.Rasulov so‘z olib, barcha yig‘ilganlarni va Sardobaliklarni o‘tgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar va kirib kelayotgan bahor va nafosat bayrami “Naruz” bayramlari bilan tabrikladi hamda  so‘zni Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori o‘rinbosari F.Samatovga berdi.

F.Samatov tadbirkorlarimizning muammolarini joylarga chiqib tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish zarurligini aytib, shu maqsadda rahbariyatimiz tomonidan joylarda “Sayyor qabul”lar o‘tkazilayotganligini, navbatdagi uchrashuv Sirdaryoning eng chekka Sardoba tumanida tashkillashtirilganligi to‘g‘risida gapirib, ishtirokchilarga bugungi kunda “O’zstandart” agentligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar va rejalashtirilgan istiqboldagi dasturlar hamda ularning samarasi xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Hamrakulov, Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori J.Shakarov hamda barcha mutasaddi tashkilotlar bugungi kunda sohalarda tadbirkorlarga yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilariga tarqatma materiallar, bukletlar to‘plamlari tarqatildi.