«O’zstandart» agentligi «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasining eksportga ko‘maklashish Byurosi mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 23 ta xorij davlatlarining sanitar va fitosanitar normalari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqildi.

Ma’sul davlat idoralari va amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot «O’zstandart» agentligining rasmiy veb-saytining «Xizmatlar» - «Eksport qiluvchiga yordam» bo‘limida joylashtirilgan.