Bugun mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni hech birimizni befarq qoldirmayapti. Ayniqsa Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan tashqi siyosatimizda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik dasturlari natijasida rivojlangan mamlakatlar bilan qo‘shnichilik, birodarlik rishtalari yanada mustahkamlanib borayotgani hammamizni mamnun etmoqda.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on janoblarining Respublikamizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va har ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarining huquqiy poydevoriga asos solingani yuqoridagi mulohazalarimizning isboti deyishimiz mumkin.
Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasida bir qator tarixiy hujjatlar imzolandi. Jumladan, yurtimizda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasini yanada rivojlantirish, xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov tashrif doirasida Turkiya Standartlashtirish institutining direktori Sebaxittdin Qo‘rqmas janoblari bilan kelgusidagi Hamkorlik dasturini imzoladilar.
Albatta, Turk qardoshlarimiz bilan imzolangan Hamkorlik dasturi ko‘magida “O‘zstandart” agentligi tizimini rivojlantirish, kelgusida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari bundanda kengayishiga umid bog‘laymiz.