Joriy yilning 5 iyun kuni Jizzax standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Jizzax Politexnika institutining “Metrologiya standartlashtirish kafedrasi” bilan xamkorlikda, “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baxolash soxalarida dolzarb muammolar va ularni rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baxolash soxalarida talabalar o‘zlari bilmagan muammoli masalalariga javoblarini topishdilar va o‘z fikr muloxazalarini bildirdilar. Kelgusida yana xuddi shunday soxa bo‘yicha amaliy seminarlar ko‘proq bo‘lishini taklif berishdilar.

  • Anjumanda Jizzax politexnika instituti olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning samaradorligi xaqida. Ma’ruzachi: Ilmiy ishlar prorektori dots. Tavboyev S. A.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zstandart”agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir PQ -2935 – son qarori asosida 2017-2020 yillarda “Uzstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturi xaqida.Ma’ruzachi: Jizzax viloyat “Standartlashtirish va metralogiya boshqarmasi” bosh mutaxassisi N.Badalov.
  • Xalqaro standartlar talabiga javob beradigan maxsulotlar yaratish xaqida. “O‘zbeksifat”ning Jizzax “SIFAT” xududiy labaratoriyasi boshlig‘i T.Sh.Axmedov.
  • Davlat metralogiya xizmati tomonidan o‘lchash vositalari turini tayorlash va o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha xuquqiy va jismoniy shaxslar faoliyatini litsenziyalash. Ma’ruzachi: Jizzax “Sinov va sertifikatlashtirish” markazi direktori v.b A. Xolmirzayev.
  • Oziq – ovqat maxsulotlaridagi radiaktiv izotoplarni spitorometr va radiometr bilan aniqlash. Ma’ruzachi: Jizzax viloyat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi sinov labaratoriyalari majmuasi raxbari U. M. Ummatovlar o‘z soxalari bo‘yicha talabalarga kerakli fikr va muloxazalarini yetkazib tushuntirib berdilar.

Yig‘ilishi yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Seminar baxs va munozaralar asosida qizikarli tarzda yakunlandi.