Xalqimiz ma’naviyatida o‘zgalar holidan xabar olish, kam ta’minlanganlarga moddiy-ma’naviy ko‘maklashish, boquvchisini yo‘qotganlarga xayr-saxovat ko‘rsatish kabi ishlarning qadri baland sanalgan.

Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi rahbariyati mana shunday mezonlarga amal qilgan holda imkoniyat darajasida viloyat hududida joylashgan bir qancha maskanlarga moddiy va ma’naviy yordamlarni berib kelmoqda.
Markaz xodimlari Buxoro shahridagi 32-sonli «Mehribonlik uyi»da bo‘lib, ichki holat bilan yaqindan tanishganlarida jami 107 nafar yetim bolalar uchun ob-havoning sovushini natijasida ularda ichki issiq kiyimlarga ehtiyoj mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng markaz va xodimlar yordamida 100 juft issiq paypoqlar, 16 juft issiq kiyimlar, 11 juft issiq gomaj va maykalar, 10 dona vetrovka, 17 ta ichki kiyim va yashash xonalari uchun akfa tejamkor lampochkalari xarid qilinib «Mehribonlik uyi» sovg‘a qilindi.

Xayriya uchrashuvida Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Muxtorov ishtirok etib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga samimiy tilaklarini bildirdi. Kelgusida bunday hamkorlik davom etishiga va’da berdi. Tadbir so‘nggida mehmonlar bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxonalaridagi holat, kutubxona ishi bilan tanishdilar.