Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi xodimlarining tashabbusi bilan milliy mahsulotimiz bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” endilikda jahon bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Rishton tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Mirzaaxmedov Anvarjon Karimovich”nomli korxonasi tomonidan GOST 30058-95 asosida tayyorlanayotgan holva qandolat mahsulotlarini Qirg‘iziston davlatiga ekport qilish yuzasidan Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosiga qilingan murojaat o‘rganib chiqildi.

Qirg‘iziston davlatiga eksport qilish jarayonida xaridor tomonidan talab qilinayotgan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan markazning sertifikatlashtirish idorasi mutaxassislari va byuro xodimi hamda tadbirkor bilan hamkorlikda kerakli hujjatlar to‘plami jamlandi hamda, bir kunlik muddatda mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.

Natijada Qirg‘iziston davlati bilan 200 ming dollarlik shartnoma tuzildi va eksport jarayoni amalga oshirildi.