Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi xodimlari hududlardagi ishlab chiqaruvchi korxonalarga mavjud muammo va masalarni hal etish yuzasidan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, "LOGISTIC GLOBAL PLUS" Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga anor mahsulotlarini Qozog‘iston, Tojikiston, va Rossiya davlatiga eksport qilishda ushbu mahsulotlarni me’yoriy hujjat asosida yorliqlanishi, qadoqlanishi, sertifikatlashtirish ishlarida, shuningdek ularni saqlanishi yuzasidan amaliy yordam berilmoqda.