2019-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligi va Belarus Respublikasi Davlat standartlashtirish qo‘mitasi o‘rtasidagi Hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida joriy yil 29 may kuni “Gaz aralashmalarining sertifikatlashtirilgan standart namunalaridan foydalangan holda o‘lchash natijalarining metrologik kuzatiluvchanligi” mavzusida videokonferens-aloqa rejimidagi seminar tashkil etildi.

BelGIM tomonidan sektor boshlig‘i – A.M. Mironchik ushbu seminarni boshqardi.

Ushbu seminarda 20dan ortiq O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari, shu jumladan “Akkreditatsiya markazi”ning mutaxassislari ham ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun: Standart namuna – bu belgilangan tartibda tasdiqlangan, uning xossasi va/yoki tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ko‘p kattaliklarning belgilangan qiymatlariga ega bo‘lgan modda namunasi ko‘rinishidagi o‘lchash vositasi.

Ushbu seminarda gaz aralashmalari tarkibining sertifikatlashtirilgan standart namunalari yordamida gazanalitik o‘lchash vositalarining metrologik kuzatiluvchanligi o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek gaz aralashmalarining metrologik tavsiflarini o‘rnatish masalalari, ularning bir jinsliligini, barqarorligini va h.k. aniqlash usullari ham ko‘rib chiqildi.