O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrda qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy markazlari tomonidan bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, qishlok ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradigan xo‘jaliklarda “Global G.A.P.” standartini joriy etish va korxonalarni sertifikatlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

 

Agentlikning Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida joylashgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda mazkur standartni joriy etish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.