Aholi va tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 698-sonli qaroriga asosan maishiy hisoblagichlarning qiyoslash muddatlari 4 yildan 8 yilgacha uzaytirildi. Endilikda aholi va tadbirkorlarimiz Energiya manbalarini hisobga olish priborlarini qiyoslash bilan bog‘liq ishlarini amalga oshirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladilar.